Avvalambor Internet
bilan ishlash uchun maxsus programma ega bo`lgan multimediya kompyuter
va kompyuterlarni bog`lovchi modem bo`lishi shart. Modem telefon
tarmog`i orqali Server bilan bog`lanadi.
Server odatda Internet - Provayderda joylashgan bo`lidi. Internet
- provayder bu Internet tarmog`ining maxalliy vakili xisoblanadi.
U Sizni Internet bilan ishlashingizni ta`minlaydi. Internet ishini
ta`minlaydi, Internet bilan bog`laydi. Internetga ega bo`lishingiz
uchun Internet - provayderga murojaat etishingiz zarur. Nixoyat
Internet kompyuteringizga urnatildi. Ish stolingizda Bog`lanish
belgisi paydo bo`ladi. Sichqoncha tugmachasini unga bosishingiz
bilan Internetga bog`lanasiz. Asosiy Serverga territorial tarmoqlar
ulangan, ular esa lokal tarmoqlar bilan uzaro muloqatda bo`ladi.
Internetda ishlashni nimadan boshlash kerak? Avvolambor Internet
bilan bog`lanishingiz va Internet Explorer programmasini ishga tushirib,
Sizni qiziqtirgan ma`lumotni topishingiz mumkin.
Internet tarmog`i bilan foydalanuvchilar orasidagi muloqat usullari
Internetga bog`lanishning bir - necha usuli bor. Ular kupgina
imkoniyatlari va tezligi oshishi bilan narxi oshadi. Ularni kamayaishi
tartibida keltiramiz:
To`g`ridan -
to`g`ri kirish (videlennaya liniya)
SLIP va PPP yordamida
"Chakiruv"
yordamida bog`lanish (Dial - up Access, Dial - up)
UUCP yordamida.
Boshqa tarmoqlar orqali kirish.
To`g`ridan
- to`g`ri bog`lanish.
U sizga Tarmoqning
hamma imkoniyatlaridan to`liq foydalanishga imkon beradi. Provayder
siz uchun aloxida telefon tarmog`ini ajratadi va serverni sizning
kompyuteringizda joylashtiradi.Bu bog`lanishning eng sifatli usuli
bo`lib juda qimmat baxolanadi.
Siz server yordamida
boshqa maxlliy kompyuterlarni internetga bog`lanishingiz mumkin.
Xar bir kompyuter Internetning barcha imkoniyatlaridan tula foydalanishi
mumkin.
SLIP va PPP orqali
bog`lanish.
Oddiy telefon
tarmoqlarda standart modem yordamida ishlovchi Internet programma
ta`minotlarining turlaridir. SLIP va PPP da siz ish seansini tugatdan
so`ng liniyani bo`shatasiz va unda boshqa foydalanuvchilar ishlashi
mumkin. SLIP va PPP ning yutug`i shundaki, ular Internetga to`g`ridan
- to`g`i kirish imkon beradi.
SLIP bu oddiy telefon tarmog`i va moddemdan foydalanadigan Internet
protokoldir.
PPP - bu SLIP ga o`xshash va undan keyinroq chiqqan protokol.
"Chaqiruv"
bo`yicha bog`lanish.
"Chaqiruv"
bo`yicha
bog`lanish (Dial - up access, Dial - up) Internetga kirishga imkon
beradi, mantikiy nom (login) va kompyuter paroli kiritilganda Internetga
to`g`ridan - to`g`ri kirib uzoqdan ishlashga imkon beradi. Internet
bilan bog`lanish davomida uning imkoniyatlaridan to`la foydalanish
mumkin. Chaqiruv bo`yicha bog`lanishni o`rnatish juda oddiydir.
Respublikamizda ko`proq shu bog`lanishdan foydalanishadi.
UUCP yordamida bog`lanish
UNIX operasion sistemasi UUCP deb ataluvchi serverdan foydalanadi
va ma`lumotlarni standart telefon liniyalar bo`yicha o`zatish imkoniyatiga
ega. UUCP faqat ayllarni bir sistemadan boshqasiga uzatadi, Internet
pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon beradi.
Boshqa tarmoqlar
orqali kirish.
Internet
ga bog`langan turli tarmoqlar unda turli darjada joylashadi. Shuning
uchun ayrim xizmatlar (masalan, Bitnet yoki CompuServe) tarmoq imkoniyatlariga
ega. Ular maxsus qurilmaga ega bo`lib, elektron pochta va Internetga
bog`lanish imkoniyatlarini bera oladi.
Protokollar, mijozlar
va serverlar.
Internetga
oid muxim bo`lib ba`zi bir tushunchalar izoxini keltiradi.
Protokol - bu kompyuterlar orasidagi aloqa urnatishida, ma`lumotlarni
qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan kelishilgan signallardir.
Ya`ni kompyuterlar protokol yordamida bir - biri bilan bog`lanadi.
Protokol tug`ri bo`lsagina, kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi.
Bu kompyuterlarning bog`lanish tartibi yoki standartdir.
Server - bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko`rsatadigan
kompyuter programmadir. Masalan, boshqa kompyuterlarga o`zining
fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Serverdir. Bitta
kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, ftp, www,
elektron pochta serverlari.
Mijoz - Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter
yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga
bir nechta mijoz ishlashi (odatda shunday bo`ladi) mumkin. Masalan,
kompyuter fayl - serverning mijozi bo`lishi (serverda joylashgan
fayllarni ko`rishi va foydalanishi) mumkin, shu bilan bir vaqtda
elektron pochta programmasi bilan ishlashi mumkin. Ya`ni bir - necha
serverning mijozi bo`lishi mumkin.
|